TM

Akkauntni va ma'lumotni o'chirish

Tosh va Mikro — karyer va drobilka hisobi

Oxirgi yangilanish: 2026-08-25

Ilova va ishlab chiquvchi

Ilova nomi: Tosh va Mikro
Ishlab chiquvchi: Sarvar Ganiyev
Aloqa: sarvar0202@gmail.com

Usul 1. Ilova ichidan o'chirish

  1. Ilovaga o'z login va parolingiz bilan kiring.
  2. Bo'limni tanlash ekraniga o'ting (ilova ochilganda birinchi ko'rinadigan ekran).
  3. Ekranning pastida "Akkauntni o'chirish" tugmasini bosing.
  4. Chiqqan oynada tasdiqlang. Tasdiqdan keyin amal darhol bajariladi.

Bu amalni qaytarib bo'lmaydi. O'chirilgan ma'lumotni tiklab bo'lmaydi.

Usul 2. Pochta orqali so'rash

Ilovaga kira olmasangiz (parol yo'qolgan, telefon almashgan va hokazo), o'chirishni pochta orqali so'rashingiz mumkin.

  1. sarvar0202@gmail.com manziliga xat yozing.
  2. Xat mavzusiga "Akkauntni o'chirish" deb yozing.
  3. Xat ichida loginingizni va korxona nomini ko'rsating.
  4. Shaxsingizni tasdiqlash uchun qo'shimcha savol berilishi mumkin — bu boshqa odam sizning akkauntingizni o'chirib yubormasligi uchun.

So'rov 30 kun ichida bajariladi. Odatda ancha tezroq.

Nima o'chadi

Xodim akkaunti o'chirilganda:

Korxona egasi akkauntini o'chirganda:

Nima saqlanib qoladi va nega

Xodim akkaunti o'chirilganda, u kiritgan sotuv va xarajat yozuvlari korxonada qoladi. Sabab: ular xodimning shaxsiy ma'lumoti emas, korxonaning moliyaviy hujjati. Xodim ketgani bilan korxonaning o'tgan oylardagi hisoboti buzilmasligi kerak.

Bunday yozuvlarda xodimning ismi ko'rsatilmaydi — faqat amaliyotning o'zi (sana, summa, mahsulot) qoladi.

Korxona egasi akkauntni o'chirganda bu istisno ishlamaydi: butun korxona ma'lumoti, shu jumladan hamma yozuv, o'chib ketadi.

Saqlash muddati

O'chirish tasdiqlangandan keyin ma'lumot bazadan darhol o'chiriladi. Zaxira nusxalarda eng ko'pi 30 kun turishi mumkin, keyin ular ham almashadi.

Obunani bekor qilish

Ilovada ichki xarid yo'q. Obuna to'lovi ilovadan tashqarida, to'g'ridan to'g'ri ishlab chiquvchi bilan kelishiladi. Akkauntni o'chirish obunani ham to'xtatadi.